Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyatida ön oyda 14 471 ta himoya orderi rasmiylaştirildi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

2026-yilning dastlabki ön oyida Buxoro viloyatida 14 471 ta himoya orderi rasmiylaştirildi. Bu raqam xotin-qizlar va bolalarni tazyiq hamda zöravonlikdan himoya qilişga bağişlangan oçiq muloqotda keltirildi. Bu haqda Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Muloqotda viloyat içki işlar boşqarmasi mas’ullari, deputatlar, Ombudsmanning mintaqaviy vakili, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi vakili içki işlar organlarining vazifalari va olib borilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi.

Iştirokçilar 2019-yil 2-sentabrdagi ÖRQ-561-son «Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida»gi hamda 2024-yil 14-noyabrdagi ÖRQ-996-son «Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida»gi qonunlarning ijrosini muhokama qildi.

Muloqotda zöravonlikni barvaqt aniqlaş, jabrlanuvçilarni himoya qiliş, himoya orderi talablariga rioya etilişini nazorat qiliş va takroriy zöravonlikning oldini oliş muhimligi ta’kidlandi.

Iştirokçilar jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, jabrlanganlarga tibbiy-ijtimoiy va psixologik yordam körsatiş, mahallalarda mas’ul idoralar hamkorligini mustahkamlaş böyiça takliflar bildirdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version