Buxoro yangiliklari
Botir Zokirov tanlovi: Buxoro va Şofirkondan tört iştirokçi viloyat bosqiçiga ötdi

Botir Zokirov nomidagi respublika tanlovining tuman bosqiçlarida Buxoro va Şofirkon tumanlaridan ikki nafardan iştirokçi viloyat bosqiçiga yöllanma oldi. Bu haqda Buxoro viloyati madaniyat boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Buxoro tumanidagi 6-son madaniyat bölimi faollar zalida tanlov iştirokçilari vokal va ijro mahoratini namoyiş etdi. Yakunda Munavvarxon Jonmurodova hamda Şaxram Oçilov viloyat bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritdi.
Şofirkondagi bellaşuv 9-son bolalar musiqa va san’at maktabida ötkazildi. Şofirkon tumani natijalariga köra, Yaşnar Yaraşov va Sardor Röziyev viloyat bosqiçiga yöl oldi.
Har ikki tumanda faol qatnaşgan ijroçilarga madaniyat bölimlarining diplom va esdalik sovğalari topşirildi.