Buxoro yangiliklari

Buxoroda turizm va yuk taşişni raqamlaştiriş tajribasi taqdim etildi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Buxoroda ötkazilgan respublika seminarida viloyatning turizm va yuk taşiş sohalarini raqamlaştiriş tajribasi taqdim etildi. Nodir Devonbegi majmuasida iştirokçilar turizm xizmatlari hisobini raqamlaştiriş va yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş uçun işlab çiqilgan «Easy Trip» dasturi bilan tanişdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Mustaqil prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan seminarda Boş prokuratura, Transport vazirligi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi, Soliq va Bojxona qömitalari hamda hududiy idoralar vakillari iştirok etdi.

Hokimlikning batafsil hisobotida respublika miqyosida 10 dan ortiq elektron platforma joriy etilgani, 1 100 dan ziyod obyekt raqamlaştirilgani va hukumatga 200 dan ortiq taklif kiritilgani qayd etildi. Yaşirin iqtisodiyot uluşi 21,8 foizni taşkil etgani va sönggi uç yilda 15,5 foizga kamaygani bildirildi.

Hokimlik ma’lumotiga köra, sönggi ön yilda Buxoro viloyatining yalpi hududiy mahsuloti 17 trillion sömdan 86,6 trillion sömga yetdi. Sanoat uluşi 14 foizdan 22 foizga, xizmatlar hajmi 254 milliard sömdan 11,6 trillion sömga kötarildi. Kiçik biznes subyektlari 12,6 mingtadan 36,5 mingtaga köpaydi.

Şu davrda budjet tuşumlari 1,9 trillion sömdan 4,8 trillion sömga yetdi, yuridik şaxslarning foyda soliği böyiça tuşumlar qariyb yetti baravar oşdi. Viloyatda sanoat, quriliş, qişloq xöjaligi, savdo va xizmatlar qatorida öndan ortiq yönaliş tahlil qilinib, hisob va nazoratni raqamlaştiriş işlari olib borilmoqda.

Seminarda soliq va bojxona organlari taqdimotlari, Olmazorning ijara, imtiyozlar va quriliş böyiça tajribasi hamda «Yaşirin iqtisodiyot xaritasi» platformasi muhokama qilindi. Qoraqalpoğiston yer qa’ri, tuz konlari, baliqçilik, transport va qurilişdagi tajribasini, Samarqand esa oltin qazib oliş va zargarlik sohasidagi işlarini taqdim etdi.

Yakuniy savol-javoblardan söng yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş işlari samaradorligi böyiça tanlov ğoliblari taqdirlandi. OAV vakillari uçun matbuot anjumani ham ötkazildi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version