Mashhurlar
Bahora Arslonova yana homilador

“Oiladan boshqasi bari bekor, aziz qizlar”, — deydi u.
Aktrisa Bahora Arslonova oʻzining Instagram sahifasida yana bir bor ona boʻlish arafasida ekanini maʼlum qildi.
Bahora Arslonova bu haqda 28-oktabr kuni oʻzining Instagram sahifasida eʼlon qildi. Aktrisa obunachilariga oiladan boshqa barchasi bekor ekanini aytgan. Bu uning ikkinchi homilasi. Hozirda aktrisaning Validaxon ismli qizi bor. U 2021-yil 21-yanvarda tugʻilgan.
“Oiladan boshqasi bari bekor aziz qizlajonlar. Allohimning yanna bir tugʻfasi oilamizga yangi mexmon kelajak”, — deydi u.
Bahora Arslonova 1990-yil 1-may kuni tavallud topgan. Aktrisa 2018-yil 17-oktabr kuni Sherali Boboqulov ismli sportchi yigitga turmushga chiqqan edi.