Mashhurlar

Yulduz Usmonova konserti

Yulduz Usmonova qachon konsert berishi maʼlum boʻldi. U jonli ijroda boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova jonli ijrodagi konsertini 2022-yilda berishini maʼlum qildi.

Unga koʻra, konsert dasturi “Xalqlar doʻstligi” saroyida 2022-yilning 10-martidan 25-martgacha har kuni soat 19:00 da boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun Yulduz Usmonova 2021-yilning 10-martidan 25-martiga qadar yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan edi. U “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida uch soat davomida jonli kuylagan. Konsertda 2020-yilgi singari Nilufar Usmonova bek-vokalda ishlagan.

Yulduz Usmonovaning 2021-yilgi konsert dasturidan reportaj

Tanaffuslarni esa soʻz ustalari Shukrullo Isroilov va Halimaxonim, shuningdek, raqqos va raqqosalarning goʻzal chiqishlari boyitgan. Konsert davomida Yulduz Usmanova tomonidan “Dunyolaridan”, “Shoʻx bolalar”, “Men seni sevaman”, “Keladi”, “Yigʻlaydi”, “Biyo-biyo”, “Boshga balo”, “Omon boʻling”, “Onajonim” kabi 20 dan ortiq qoʻshiq kuylanib, konsert dasturi nihoyasiga yetgach ham muxlislar xonandani qoʻyib yubormagan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version