Mashhurlar

“Xasta boʻlma” sheʼri tarixi

Yulduz Usmonovadan mualliflik huquqini talab qilgan shoir “Xasta boʻlma” sheʼri tarixini gapirib berdi

“Oʻsha payti magistraturada oʻqirdim”, — deydi u.

Yulduz Usmonovadan mualliflik huquqini talab qilgan shoir Yoʻlchi Roʻziyev “Xasta boʻlma” qoʻshigʻining yaralish tarixi haqida gapirib berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, sheʼr 2016-yilda yozilgan. Shoir oʻsha payti jurnalistikada oʻqib yurganini va fotiha qilingan qizi ogʻir betob boʻlib qolganini aytdi. U sheʼrni aynan oʻsha vaziyatdan taʼsirlanib yozgan. Sheʼr 4 daqiqada yozilganin hamda barcha ijtimoiy sahifalariga joylangan.

“Bu sheʼrning yaralish tarixi haqida toʻxtaladigan boʻlsam, bu sheʼr 2016-yil 10-aprel kuni yozilgan. U payti jurnalistikaning magistratura bosqichida tahsil olardim. Boʻlajak turmush oʻrtogʻim, oʻsha payti toʻyimiz boʻlmagandi, uyashtirilgandik. Juda ogʻir kasallikka chalingan. Unga bagʻishlab, taʼsirlanib, 4 daqiqada yozilgan sheʼr. Soatigacha yozib qoʻyganman. Hamma ijtimoiy sahifalarimda turibdi. 14:44 da boshlab, 14:47 da tugatganman”, — deydi u.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version