Maşhurlar
Muqaddas Yigitalining egizaklarini yoqtirmasligi haqida

U vaziyat shu narsani taqazo qilayotganini aytdi
Aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva turmush oʻrtogʻi Yigitali Mamajonovning birinchi turmushidagi farzandlariga munosabati qanday ekani haqida gapirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, turmush oʻrtogʻi birinchi turmushidagi farzandlarini esidan chiqarmagan. Yigitali Mamajonov oʻgʻli Abubakrsiddiqning har bir harakatini katta oʻgʻillari Imron va Islomga oʻxshatishini aytdi. Muqaddas Saʼdullayeva eri farzandlari bilan koʻrishishiga qarshi emasligini taʼkidladi.
“Men ular bilan koʻrishishini juda xohlayman. Biz erim bilan bu haqda juda koʻp gaplashganmiz. Haqiqatdan, mehri oʻzgacha. Odamlar bolalarini yaxshi koʻrmaydi, esdan chiqarib yuborgan deb oʻylaydi. Unday emas. Oʻgʻlimizning har bitta hatti-harakatini kuzatganida, Imronga oʻxshab ketyapti, Islomga oʻxshab ketyapti deydi. Fikri-hayoli faqat ularda. Lekin endi vaziyat shu narsani taqazo qilyapti. Men umuman qizgʻonmayman. Farzandlarim aka-opalari bilan birgalikda oʻynab, katta boʻlishini xohlayman”, — deydi u.