Maşhurlar

Rayhon oilasi yana 1 nafarga koʻpayganini aytdi

Unga Rossiyadan kuchuk sovgʻa qilingan.

Oʻzbekiston xalq artisti Rayhon Gʻaniyeva oilasi bir nafarga koʻpayganini maʼlum qildi.

Xonanda oʻz sahifasida turmush oʻrtogʻi Farhod Alimov bilan tushgan suratini joylab, “oilamiz bir nafarga koʻpaydi”, deya izoh qoldirgan. Shuningdek, bu kuchukcha ekanini, u ham endi oilasining aʼzoziligini taʼkidlagan. Rayhonning soʻzlariga koʻra, kuchukcha Rossiyadan sovgʻa qilingan.

“ʻLakkiʻni bizga Rossiyadan sovgʻa qilishdi. Endi eng zoʻr zotli kuchuklar Oʻzbekistonda. Hammasi emlangan va barcha kerakli dokument va xalqaro pasportiga ega. Kichkina doʻstingiz bilan bemalol sayohat qilsangiz ham boʻladi. Lakkining zoti- maltipoo. Bu jajji kuchukcha oʻsmaydi va oʻyinchoqqa oʻxshaydi. Oʻynoqi, doʻstona va egasiga shunchalik mehr beradiki, uni bitta oʻzini uzoq vaqtga qoldirib boʻlmaydi. Eng qizigʻi, maltipoo zotli kuchuklar- gipoallergen boʻlar ekan, allergiya bilan kasallanganlar uchun xavfsiz”, deya izoh qoldirgan xonanda.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version