Buxoro yangiliklari
Buxorolik maktab o‘quvchisi ovoz sensori modulini yaratdi

Buxoro viloyati jokimligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Buxoro shahridagi 28-maktab o‘quvchisi Nurmuhammad Merojov ovoz sensori modulini yaratdi.
Sensor ovoz balandligi belgilangan chegaradan yuqori bo‘lsa ishga tushadi. Ovoz sensori moduli analog yoki raqamli elektronika, shu jumladan mikrokontrollerlar asosidagi elektronikani o‘z ichiga olgan qurilmalarda qo‘llaniladi.
U xavfsizlik tizimlarida mavjudlik detektori sifatida xizmat qilishi mumkin.