Buxoro yangiliklari
Buxorodagi tarixiy obyektlar qayta ta’mirlanadi

Kuni kecha Turkiyaning «Gokalp Proje Musavirlik A. S.» kompaniyasi direktori Veysel Demirtash restavratsiya fanlari doktori Okan Yazgan va arxitektor Go‘ktug‘ Turkmen hamrohligida Buxoroga kelishdi.
Mehmonlar shaharning tarixiy qismidagi retavrasiya va konservasiya qilinishi rejalashtirilgan madaniy meros obektlarini ko‘rib chiqdi. Jumladan, Ark qal’asining arxeologik qismi, Masjidi Kalon, Abdulazizxon, Mirzo Ulug‘bek, Abdullaxon, Toshsaroy madrasalarida bo‘lib, ularning holati va restavratsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganishdi. Ularning ishlarini mahalliy arxitektorlar va restavratorlar hamda viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlari kuzatib borishdi.
Xorijiy mutaxassislarning asosiy maqsadi esa, mavjud madaniy meros obyektlari holatini tahlil qilib, ularni asl holatini qayta tiklashdan iborat