Buxoro yangiliklari
Buxoro shahrida “Bir million daraxt” aksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan edi.
Loyiha doirasida bugun viloyatimizning barcha hududlarida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari jadal sur’atlarda tashkil etilmoqda.
“Yuksalish” umummilliy harakati daraxtlar sonini oshirishga qaratilgan bu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan holda Buxoro shahrida “Bir million daraxt” aksiyasini davom ettirishni rejalashtirdi.
“Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi viloyat bo‘linmasi hamkorligidagi Aksiya:
Ertaga, 26-noyabr kuni soat 10:00 da — “Abu Ali ibn Sino” nomidagi favvoralar maydonida o‘tkaziladi.
Aksiyada ishtirok etib o‘z xissasini qo‘shish istagida bo‘lgan barcha faol fuqarolar, yoshlar hamda nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillarini taklif etamiz!