Buxoro yangiliklari

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

«Yangi imkoniyatlar sari” birinchi para sport festivali doirasida para akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston ochiq chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Unda respublikamizning turli xududlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Shuningdek buxorolik sportchilarimiz ham mazkur chempionatda munosib ishtirok etib 11 nafar sportchimiz faxrli o‘rinlarni egallab qaytishdi.

Maxsus konsept-trenajerda o‘tkazilgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindorlar ro‘yxatidan joy oldi:

PR3 m1x (erkaklar):

  1. Madi Suleymanov (3 daqiqa, 24,6 soniya);
  2. Abduqunduz Abdurahmonov (3 daqiqa, 31,5 soniya);
  3. Ro‘ziboy Jo‘rayev (3 daqiqa, 35,6 soniya).

PR3 w1x (ayollar):

  1. Diyora Dadayeva (4 daqiqa, 22,4 soniya);
  2. Zarifa Boboyeva (4 daqiqa, 36,1 soniya).

PR2 m1x (erkaklar):

  1. Otabek Qo‘chqorov (4 daqiqa, 13,1 soniya);
  2. Hayitboy Ne’matov (4 daqiqa 14,19 soniya);
  3. Quvonchbek Suyunov (4 daqiqa 32,4 soniya).

PR2 w1x (ayollar):

  1. Feruza Bo‘riboyeva (5 daqiqa, 0,0 soniya);
  2. Nigora Murtazoyeva (5 daqiqa, 02,3 soniya);
  3. Gulchiroy Esonboyeva (5 daqiqa, 13,5 soniya).

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version