Buxoro yangiliklari

Buxorolik innovatsion g‘oyalar yetakchisi

25-noyabr kuni “InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sovrindorlarini hamda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etib, g‘oliblarga ko‘krak nishonlarini topshirdi.

Joriy yilgi ko‘krak nishoni tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni onlayn tartibda amalga oshirildi. Respublika tumanlari va oliy ta’lim muassasalariga jami 515 nafar ishtirokchi hujjatlar topshirdi. Tuman va oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan komissiyalar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga eng yaxshi jami 117 nafar nomzodlarning loyihalari topshirildi.

“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridan tavsiya etilgan 44 nafar nomzodlarning loyihalari va hujjatlari respublika komissiyasi a’zolari tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqildi hamda baholandi. Komissiya a’zolari qaroriga muvofiq, har bir hududdan 1 nafardan, umumiy 14 nafar eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi belgilab qo‘yildi.

Quvonarlisi, Buxoro davlat tibbiyot instituti bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistenti Dilnora Rahmatova ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version