Mashhurlar
Munisa Rizayeva uyining 8 ta xonasini egallagan garderobini ilk bor koʻrsatdi

Xonanda daromadining 80% ni kiyimga sarflashini aytgan.
Xonanda, aktrisa Munisa Rizayeva uyidagi 8 ta xonani egallagan garderobini koʻrsatdi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozir boshqa uyga koʻchgan. Kiyimlari eski uyida qolgan. Shu sababdan xonanda kiyimlarisiz qiynalayotganini aytdi.
“Hozir boshqa uyga koʻchganman, lekin garderobim shu yerda. Kiyimlarimsiz rosa qiynalyapman, lekin 35 yoshimda men alohida yashashim kerak”, — deydi xonanda.
Shuningdek, u uyida chang artmasligini chunki bunga vaqti yoʻqligini aytdi. Biroq Munisa Rizayeva turmushga chiqqandan keyin bunday ishlarni oʻzi qilishini taʼkidladi.
“Chang artmayman, ovqat qilmayman, chunki vaqtim yoʻq. Lekin turmushga chiqsam, bularni oʻzim qilaman”, — deydi u.
Shu bilan birga, xonanda kiyimlarni juda yaxshi koʻrishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, bitta kiyimni uchinchi marta kiymaydi. Munisa Rizayeva 2011 yildan buyun topgan daromadining 80 foizini kiyimga sarflaganini aytdi.
“Kiyimlarning jinnisiman. Bitta kiyimni 2 marta kiyaman, uchinchi marta kiymayman. Kiymaydigan kiyimlarimni tarqatvoraman. 2011 yildan boshlab topgan daromadimning 80 foizini kiyim-kechakka sarflaganman”, — deydi Munisa Rizayeva.
U uyida 8 ta garderob borligini aytdi. Shuningdek, xonanda oyoq kiyimlarini bir mavsum kiyishini taʼkidladi. Munisa Rizayevaning soʻzlariga koʻra, eng qimmat kiyimi oq rangli Chanel brendining koʻylagi.
“Uyda 8 ta garderob bor. Hammadi mavsumiy kiyimlar. Oyoq kiyimlarimni bir mavsum kiyaman. Hermes, Tom Ford, Christian Dior, Gucci. Shunday kiyimlarim borki, ular bilan xayrlashgim kelmaydi. Chanel koʻylagim eng qimmati. Parijdan olganman”, — deydi u.