Maşhurlar
Parizoda toʻrtinchi marta homilador ekani rostmi?

U koʻpchilik obunachilari shunday savol berayotganini aytdi.
Raqqosa, aktrisa Parizoda Instagram sahifasida homiladorligi haqida obunachilari bergan savollarga javob berdi.
U tinmay tugʻavermasligini taʼkidladi. Raqqosaning soʻzlariga koʻra, koʻpchilik shunday savol yoʻllayapti. Parizoda homilador emasligini, qorni ham yoʻqligini aytdi.
“Voy-dod, tinmay tugʻaveramanmi? Juda koʻpchilik homiladormisiz deyishyapti. Qornim yoʻq”, — deydi u.
Shuningdek, u har bir ayol chegarasini bilishi kerakligini aytdi. Aktrisa ona boʻlish oson emasligini taʼkidladi. Raqqosaning soʻzlariga koʻra, ketma-ket ona boʻlish salomatlikka ancha zarar yetkazadi.
“Mening fikrimcha, har bir ayol oʻz chegarasini bilishi kerak. Homilador paytimizdan tortib, farzandni dunyoga keltirib, uni katta qilishimiz internet tarmoqlari orqali oson koʻrinishi mumkin. Lekin ona boʻlish oson vazifa emas. Ketma-ket farzandli boʻlish esa, ancha salomatlikning yoʻqolishi va asab tizimining charchashiga olib keladi”, — deydi raqqosa.