Maşhurlar
Rayhon va Munisa urishib qolishgandan soʻng ilk bor birga sahnada koʻrinish berdi — video

Ular “7 yulduz” shou-konsertida ishtirok etdi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rayhon hamda xonanda Munisa Rizayeva anchadan beri ilk bor birgalikda “7 yulduz” shou konsertida sahnaga chiqdi.
Xonandalar 2017-yilda yaratilgan “Bor yoki yoʻq” taronasini kuylagan. Biroq ular sahnaning ikki chekkasida turib qoʻshiq aytgan.
Ushbu shou 26-noyabrdan 2-dekabrgacha “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida oʻtkaziladi. Konsertda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tohir Sodiqov, Rayhon Gʻaniyeva, xonandalar Munisa Rizayeva, Shohruhxon, Shohruh repper kabi sanʼatkorlarning chiqishi haqida xabar berilgandi. Biroq qolgan ikkita yulduzning nomi sir tutilgan. 26-noyabr kuni boʻlib oʻtgan konsert dasturida ularning Jahongir Otajonov hamda Nasiba Abdullayeva ekani maʼlum boʻldi.