Maşhurlar
“Dizayn” jamoasi aʼzosi Dilshodbek Musabekov avtohalokatga uchragani aytilmoqda

Uning rasmi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
“Dizayn” kulgu jamoasi aʼzosi, yetakchisi, aktyor Dilshodbek Musabekov avtohalokatga uchragani aytilmoqda.
Jamoa aʼzosi Dilshodbekning 2021-yil 27-noyabrda avtohalokatga uchragani aytilmoqda. Uning avtohalokat oqibatida olgan jarohatlari aks etgan fotolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda va muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Avtohalokat oqibatida uning oyoq va qoʻli singani maʼlum qilingan.
Sayt qiziqchining administratori bilan bogʻlandi. Biroq uning administratori avtohalokatga uchragani rost yoki yolgʻonligi haqida maʼlumot berolmasligini aytdi.