Maşhurlar

“Boshqa bu mavzuga qaytishni istamayman”. “Afandining qizlari”dagi Nigora ilk marta ota-onasi haqida gapirdi

Aktrisa hozir ular baxtli ekanini taʼkidlagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Afandining qizlari” guruhi bilan tanilib kelayotgan, bloger, aktrisa Nigora Abdullaxonova ilk bor ota-onasi haqida gapirdi.

Unga kuzatuvchilaridan biri ota-onasi bor yoki yoʻqligi haqida savol bergan. Aktrisa esa birinchi va oxirgi marta ular haqida gapirishini aytgan. Shuningdek, boshqa bu mavzuga qaytishni xohlamasligini taʼkidlagan.

“Birinchi va oxirgi marta javob beraman. Albatta bor. Kichkinaligimda ajrashib ketishgan. Oʻz oilalari bor. Otamning ikki qizi, onamning bir oʻgʻli bor. Yangi turmushlaridan baxtli, ular uchun xursandman. Boshqa bu mavzuga qaytishni xohlamayman”, — deydi bloger.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version