Maşhurlar

Bollivudning eng goʻzal va isteʼdodli aktrisalari maʼlum qilindi

Quyida ular haqida maʼlumot beriladi.

Bollivud kino olamining shunday vakilalari borki, ular nafaqat isteʼdodi, balki goʻzalligi bilan ham dunyoga tanilgan.

Ayshvariya Ray Bachchan

Taniqli va isteʼdodli aktrisa Ayshvariya Ray Bachchan Bollivud kino sanʼatida yuqori oʻrinda turishidan tashqari dunyodagi eng goʻzal aktrisalar reytingida ham yuqori pogʻonoda turadi. U 1991 yildan mashhurlikka erisha boshlagan va shu vaqtga qadar 70 ga yaqin kinokartinalarda suratga tushgan. Aktrisa 1994 yilda “Dunyo goʻzali” reytingida birinchi oʻrinni olgan. Mashhur kino aktyor Abhishek Ray Bachchan bilan turmush qurgan aktrisa hozirda qizi Aradhyani tarbiya qilmoqda.

Katrina Kaif

Aslida Londonda tugʻilgan hind aktrisasi Katrina Kaif oʻzining tabiiy jozibasi bilan boshqa Bollivud akrisalaridan farq qilib turadi. Katrina Kaif aktrisalikdan tashqari modellik olamida ham yuqori natijalarni qayd etgan. Muxlislari uning raqslarida oʻzgacha nafosat borlgini taʼkidlashadi. Maʼlumot uchun, aktrisa shu yilning dekabr oyida oʻzining toʻy marosimini oʻtkazishni rejalashtirgan.

Rani Mukerji

Bollivudda juda koʻp mukofotga sazovor boʻlgan aktrisalardan biri Rani Mukerji 2000 yildan mashhurlikka erisha boshlagan. U eng koʻp maosh oluvchi aktrisalardan biri hisoblanadi. Rani Mukerji shu vaqtga qadar 60 dan ortiq kino, seriallarda ishtirok etgan va bir-biriga oʻxshamas rollari bilan muxlislari qalbidan joy egallagan.

Aliya Bhatt

Hali yosh boʻlsa ham isteʼdodi va goʻzalligi bilan Bollivudda oʻz oʻrnini topgan aktrisa Aliya Bhatt “Hindistonning eng mashur insonlari”roʻyxatiga kiritilgan. Akrisa Hindistonda kino sanʼati boʻyicha beriladigan bir qancha mufofotlarning sohibasi hisoblanadi. Aliya Bhatt ham dekabr oyida taniqli aktyor Ranbir Kapur bilan turmush qurishni rejalashtirgan. Hozir aynan shu sababli barcha suratga olish ishlarini bekor qilgan.

Kajol

Hozir ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlgan, Bollivudda ijro etgan betakror rollari bilan dunyo boʻylab muxlislarini topgan aktrisa Kajol yigirma yildan ortiqroq vaqt mobaynida ushbu sohada faoliyat yuritib kelmoqda. Kajol shu vaqtga qadar Hindistonning juda koʻp mashur aktyorlari bilan hamkorlikda ishlagan. Aktrisa hozir sanʼatdan bir oz yiroqlashgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version