Mashhurlar
Munisa Rizayeva Rayhon bilan yarashgani haqidagi savollarga javob berdi

U Rayhonning qoʻshigʻini eshitib ketayotgan boʻlgan.
“Shuhrat” medali sovrindori Munisa Rizayeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rayhon bilan yarashib olgani haqidagi savollarga javob berdi.
Xonanda sahifasida jonli efir qilgan. Efir davomida u Rayhonning “Anglamadim” taronasini tinglab ketayotgan boʻlgan. Shu sababli koʻplab folloverlari undan yarashib olgani haqida soʻragan. Munisa Rizayeva esa buni inkor etgan. Shuningdek, gaplashmayotgan boʻlsa ham qoʻshiqlarini tinglashini aytgan.
“Yoʻq, yarashmadik. Shunchaki, radio eshityapman. Rayhon bilan gaplashmasam, demak uning ashulalarini eshitishim mumkinmasmi. Logika qani?”, — deydi Munisa Rizayeva