Maşhurlar

Bankomat Shohruhxonning pullarini “yutib yubordi”

“Telefon qilsam pulni 3 kunday keyin beramiz dedi”, — dedi u.

Xonanda, aktyor Shohruhxon valyuta ayirboshlash uchun borganida bankomat pulini “yutib yuborganini” aytdi.

Aktyorning soʻzlariga koʻra, kerakli raqamga qoʻngʻiroq qilganida pulni 3 kundan keyin berishni maʼlum qilgan. Shuningdek, xonanda shoshilinch pul kerak boʻlgan yoki dori-darmon olmoqchi boʻlgan insonlar bunday vaziyatda qiynalishini taʼkidladi.

“Pulni almashtirgani kelgandim, lekin pulni endi qachon koʻraman bilmayman. Bankomat ʻyutib yubordiʻ. Mana bunday narsa chiqdi. Zoʻr, gap boʻlishi mumkin emas. Telefon qilsam pulni 3 kunday keyin beramiz dedi. Menku mayli, kimnidir oxirgi puli boʻlishi mumkin, balkim doriga ishlatmoqchidir, yoki shoshilinch pul kerak boʻlgan boʻlishi mumkin. Boshqa odamlar shunday boʻlib qolsa qiyin”, — deydi Shohruhxon.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version