Buxoro yangiliklari

«Buxoro» stadioni tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha Pro liga rekordini yangiladi

Pro liga 6-turi doirasidagi «Buxoro» – «Xorazm» (3:2) uchrashuvi bilan 3 yillik tanaffusdan keyin ko‘hna shaharga katta futbol havosi qaytdi.

2019-yil yakunida «Buxoro» sport majmuasida boshlangan ta’mirlash va maydonni yangilash ishlari 2022-yilga qadar cho‘zildi. Xususan, maydonni yangilashga mas’ullar ishida sustkashlik va xatoliklar sababli o‘yingoh chimini talab darajasiga yetkazish qiyin kechdi. Nihoyat, so‘nggi yilda stadion chimi tajribali mutaxassislar tomonidan talab darajasiga yetkazilgach, «Buxoro» klubi uy stadioniga qaytdi. Ungacha jamoa Muborak, Samarqand, Gʻijduvonda uy uchrashuvlarini o‘tkazgan edi.

Jamoaning «Xorazm»ga qarshi o‘yini oldidan o‘yingohning qaytadan foydalanishga topshirilishi munosabati bilan bayramona dasturlar tashkil etilib, stadion tribunalari o‘yinda tomoshabinlar bilan deyarli to‘ldi.

PFL qaydnomasida yozilishicha, «Buxoro» – «Xorazm» (3:2) o‘yinini 18 074 nafar tomoshabin stadiondan kuzatgan. Bu bilan «Buxoro» stadioni Pro liga tarixida tomoshabinlar rekordini qayd etdi.

Avvalgi rekord Pro liga 2018-yilgi mavsumiga tegishli bo‘lib, 20-aprel kuni o‘tgan «Dinamo» – «Mash’al» (0:1) ochilish o‘yinida Samarqanddagi stadionda 13 250 nafar muxlis tashrif buyurgan edi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version