Buxoro yangiliklari

Buxoroda o‘g‘il bolalar tug‘ilishi ko‘paygan

Buxoro viloyatidagi FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 15 797 ta tug‘ilish qayd qilingan. Shundan 8 170 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 7 627 nafarini qiz bolalar tashkil etadi. O‘tgan yilning dastlabki 5 oyi davomida esa ushbu ko‘rsatkich 14 051 tani tashkil etib, shundan 6 851 nafari o‘g‘il, 7 200 nafarini qiz bolalar edi.

Bundan tashqari, joriy yilning mos davrida 77 ta muddati o‘tgan va uyda tug‘ilgan bolalarning tug‘ilishi qonuniy qayd etilgan. Xususan, 28 marotaba uyda tug‘ilgan bolalarning, 27 marotaba muddati o‘tib va 21 marotaba olis hududlarda tug‘ilgan bolalarning tug‘ilishi qonuniy qayd etilgan.

Fuqaro Dinara Dehqonova Shofirkon tumani markazidan qariyb 100 km olisda joylashgan «Churuq» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. 2005 yilda tug‘ilgan ushbu fuqaroda haligacha birorta rasmiy hujjati yo‘q edi. Fuqaroning Shofirkon tuman adliya bo‘limi va tuman FHDYO bo‘limiga qilgan murojaati asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tug‘ilishi qonuniy qayd etildi. Nihoyat Dinara 17 yil o‘tib ilk rasmiy hujjatiga ega bo‘ldi.

Ba’zan birgina beparvolik sabab o‘z vaqtida hal etilmagan yumushlar yillar o‘tib turli ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lish mumkin. Shunday holatlarga barham berishda esa tug‘ilganlik va shunga o‘xshash hujjatlarni o‘z vaqtida qayd etish ortiqcha yugur-yugurlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version