Maşhurlar

Xoliqjon vines kliplarga qanchaga chiqishini maʼlum qildi

U bir necha yil oldin telefoni ham boʻlmaganini aytdi.

Vayner, bloger Xoliqjon vines “Omon-omon” koʻrsatuviga bergan intervyusida kliplarga qanchaga chiqishini maʼlum qildi.

Aktyor Hamdam Sobirovning klipga taklif qanday boʻlgani haqida gapirib berdi. Uning soʻzlariga koʻra, xonanda Xoliqjon vinesʻni klipida olib chiqishni niyat qilgan. Shu sabab Hamdam Sobirov vaynerga qoʻngʻiroq qilib taklif qilgan va narxini soʻragan. Instabloger esa uni akasidek koʻrishini aytib, pul olmasligini taʼkidlagan. Aktyor kliplarga 1000-1500 dollarga chiqishi maʼlum qilgan.

“Bir kun Hamdam aka qoʻngʻiroq qidi. ʻMen seni klipimga niyat qildim. Shu klipda chiqishingni xohlaymanʻ, dedi. Shu gapdan keyin xursand boʻlib ketdim. Keyin Hamdam aka klipga qanchaga chiqayotganimni soʻradi. Men unga pul muhim emasligini aytdim. Hamdam Sobirov oʻshanda juda xursand boʻlgan. Men kliplarga 1000-1500 dollarga tushaman”, — deydi u.

Shuningdek, aktyor 2017 yilda qoʻl telefoni boʻlmaganini aytdi. Oʻsha paytda unga Hasan ismli doʻsti oʻz telefonini bergan va Telegram, Instagram, Tiktokʻni oʻrgatgan. Xoliqjon Hasan uni qoʻllagan birinchi insonligini taʼkidlagan.

“Hasan bilan doʻstligimiz 2017 yildan boshlangan. Oʻsha paytda mening telefonim yoʻq edi. Telegram, Instagram, Tiktok qanday boʻlishini shu doʻstim oʻrgatgan. U menga oʻzining telefonini sovgʻa qilgan. Meni birinchi qoʻllab-quvvatlagan inson shu boʻlgan”, — deydi Xoliqjon.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version