Mashhurlar

Dilnoza Kubayeva aktrisalik faoliyatini toʻxtatdimi?

Teatr va kino aktrisasi, xonanda Dilnoza Kubayeva “M Kokteyl” koʻrsatuviga bergan intervyusida aktrisalik faoliyatini tugatgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Aktrisaning koʻplab muxlislari shunday oʻylagan. Biroq Dilnoza Kubayeva bu kabi gaplar asossiz ekanini aytdi. U hali ham spektakllarda rol ijro etyotganini taʼkidladi. Shuningdek, aktrisa bir qancha filmlarga ham rozilik bildirgan. Ulardan biri “Osmondagi bolalar 3”. Dilnoza Kubayeva ijodkor doimo ijod qilishi kerakligini aytdi.

“Koʻpchilik Dilnoza endi aktrisalik faoliyatini toʻxtatib, xonandalikka oʻtibdi deb oʻylabdi. Unday emas. Spektakllardagi rollarni ijro etyapman. Mehnat qilib, rollarimni yaxshi ijro etishga harakat qilyapman. Yangi kino ssenariy oldim. ʻOsmondagi bolalar 3ʻ kilofilmidan ham taklif oldim. Xudo xohlasa u yerda ham oʻynayman. Ijodkor ijod bilan band boʻlishi kerak ekan. Agar unday boʻlmasa, uning xayolini keraksiz oʻy-xayollar band qilar ekan. Men oʻzimni odamlardan chetga tortaman, har xil davralardan tiyilaman. Eng yaxshi doʻstim, eng hotirjam ishlaydigan joyim bu ijodxona, uyim, sahna, sahnaorti, teatr va kino maydoni, ovoz yozish studiyasi”, — deydi u.

Materiallar manbasi: shoubiz,uz

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version