Buxoro yangiliklari

Buxoro yo‘llarida noqonuniy “taksichi” larga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda havoning keskin isib ketishiga qaramay, Buxoro viloyat transport boshqarmasining fidoiy xodimlari tomonidan IIB YHXB bilan hamkorlikda litsenziyasiz taksi haydovchilariga qarshi reyd tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqda boshqarma Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtomobil transportida noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarni aniqlash, sohada qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida boshqarma xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab doimiy reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – sohada tartib o‘rnatib, yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Tadbirlar davomida haydovchilar yo‘lovchi tashish sohasida qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida xabardor qilinmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Avtomobil transportida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish – qonun talablariga zid ekanligini unutmang!

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version