Buxoro yangiliklari
“Buxoro” PFK yangi futbolchilarni ko’rikdan o‘tkazmoqda

Mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlik ko’rayotgan “Buxoro” professional futbol klubi jamoasi yozgi yig‘in davomida tarkibga yangi futbolchilarni jalb etishda davom etadi, –deya xabar bermoqda klub Matbuot xizmati.
Jumladan, himoyachilar Jasur Azimov (“Qizilqum”), Abduxoliq Qurbonov (“Sho‘rtan”), yarim himoyachilar Humoyunmirzo Iminov (“Paxtakor”), Siroj Meliyev (“Yangiyer”) va hujumchi Temur Ismoilov (“Dinamo”) ko‘rikdan o‘tish uchun jamoa yig‘iniga kelib qo‘shilishgan.
Eslatib o‘tamiz, taklif qilingan yangi futbolchilarning harakatlari jamoa murabbiylar shtabiga ma’qul kelsa, ular bilan shartnoma imzolanadi.