Maşhurlar
Munisa Rizayeva yangi “inomarka” sotib oldi

Aktrisa, xonanda Munisa Rizayeva Instagram sahifasida yangi “inomarka” sotib olganini maʼlum qildi.
U “Mercedes Benz” logotipi tushirilgan mashinada suratga tushgan. Biroq Munisa Rizayeva uning aynan qanday rusumli ekanini koʻrsatmagan. Aktrisa suratga “Xush kelibsan”, deb yozib qoldirgan. Xonandaning avvalroq aytgan gaplarini inobatga olib, u “Mercedes G-Class AMG 63” avtomobilini olganini taxmin qilish mumkin. Munisa Rizayevaga ushbu “toychoq” $156 000 ga tushgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Munisa Rizayeva $156 000 lik mashina olmoqchiligini aytgandi. Munisa Rizayeva “Mercedes G-Class AMG 63” avtomobilini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Biroq xonanda uni kutish uchun ham 5-6 oy kerakligini taʼkidladi. Avtomobilning narxi komplektatsiya va bojxona xarajatlarisiz $156 000 ni tashkil etadi.
“Gelik mening oldimga kelguncha, oʻzimnikini minaman. Men hali ham Gelendvagen 63 ni xohlayman. Lekin 5-6 oy kutishga toʻgʻri keladi”, — deydi aktrisa