Buxoro yangiliklari

Buxoroda Abu Ali ibn Sino haqida film olinmoqda

Buxoroda tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino haqidagi “Ibn Sino. Sharq va Gʻarb o‘rtasida” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi.

Ushbu kinoloyiha O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, AQSH ning “V&Co LLC” kompaniyasi va Italiyaning “Associazione Circles Squared” assosasiyasi buyurtmasiga asosan suratga olinmoqda.

Filmning Italiyadagi suratga olish ishlari yakuniga yetgan bo‘lib, hozirda s’yomka jarayonlari Buxoroda davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Italiyaning Boloniya universiteti kutubxonasida ibn Sinoning noyob “Tib qonunlari” asarining ibroniy tilidagi to‘liq tarjima qo‘lyozmasi mavjud. Ushbu qo‘lyozma XV asrning ikkinchi yarmiga tegishli. Olimning ushbu asaridan tibbiyot ta’lim muassasalarida, jumladan, Yevropa universitetlarida ham asosiy darslik sifatida foydalaniladi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version