Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Boshqarma Matbuot xizmatining xabar berishicha, tasdiqlangan grafik asosida 20-iyul kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Qabul jarayonida fuqarolarning 30 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning shaxsiy qabuliga haftaning har chorshanba kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha kirish mumkin.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version