Buxoro yangiliklari
Buxoroda teatr jamolarining viloyat tanlovi o‘tkazildi

Joriy yilning 20-iyul kuni Buxoro tuman madaniyat markazida barcha shahar va tuman madaniyat bo‘limlari huzurida tashkil etilgan Xalq va havaskorlik teatr jamoalari ishtirokida tanlov bo‘lib o‘tdi.
Unda G‘ijduvon, Peshko‘, Vobkent, Buxoro, Romitan, Qorako‘l, Jondor, Shofirkon tumanlarining Xalq va havaskorlik teatr jamoalari ishtirok etib, festivalning Nizom talabidan kelib chiqib, hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Qorako‘l tuman madaniyat markazi huzurida tashkil etilgan «Davr” yoshlar xalq teatri jamoasi «Zamon avloniysi» nomli asari bilan ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
G‘ijduvon tuman madaniyat markazi huzuridagi tashkil etilgan «Xalq teatri” jamoasi Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy asalaridan olingan “Hikmatli voqea” asari uchun 2-o‘rin munosib ko‘rildi.
Jondor tumani madaniyat markazi huzuridagi “E’tiqod” xalq teatri “Mahmud Tarobiy” asari hamda Vobkent tumani “Xalq teatri” jamoasi “Mehmon uchun atalgan anjir” asarini namoyish qilib, 3-o‘rinni egallashdi.
Peshko‘, Buxoro, Romitan, Shofirkon tumanlarining Xalq va havaskorlik teatr jamoalari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, g‘olib jamoalar boshqarma tomonidan diplom va qimmat baho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.