Mashhurlar

Shohruhxonga doʻsti “Lexus” sovgʻa qildi

Xonanda, aktyor Shohruhxon Instagram sahifasida yaqin doʻsti unga “Lexus LX 570” avtomobilini sovgʻa qilganini maʼlum qildi.

Xonanda bu hayotidagi quvonchli kun boʻlganini taʼkidladi. Aktyor doʻstiga mashina uchun rahmat aytgan va unga oʻxshagan inson boʻlishni niyat qilgan. Ushbu avtomobilning narxi $65 000 dan $241 000 gacha boʻladi.

“Bugun hayotimda juda quvonarli kun boʻldi. Yaqin doʻstim menga mashina olib berdi. U menga ʻLexus LX 570ʻ avtomobilini sovgʻa qildi. Yaxshi kunlarimda doim yonimda turadi. Men ham senga oʻxshagan inson boʻlay”, — deydi xonanda.

Xonandaning turmush oʻrtogʻi Asal Shodiyeva Instagram sahifasida “Lexus LX 570”ning yonida toʻngʻich oʻgʻli va eri turgan suratni eʼlon qilgan. Aktrisa rasmga izoh bermagan.

Manba: shoubiz.uz

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version