Buxoro yangiliklari
Bugun Buxoro shahrining yarmi elektrsiz qoldi

Bugun, 21-iyul kuni soat 15:50 lar atrofida “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali hisobida bo‘lgan “Buxoro” 220/110/35/6 podstansiyasi hududidagi quvvati 6 300 kVA li kuch transformatorida anomal issiq tufayli yuklama oshib, yong‘in sodir bo‘lgan.
Buxoro viloyati FVB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, navbatchilik qismiga soat 15:58 da Buxoro shahrining Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan podstansiyasida yong‘in yuzaga kеlganligi to‘g‘risida xabar kеlib tushgan. FVB rahbariyati va yong’in qutqaruv qismi soat 16:01 da voqеa joyiga еtib borgan va soat 16:05 da yong‘in to‘liq o‘rab olinib, soat 16:24 da bartaraf etilgan.
Yong’inni bartaraf etish uchun yong’in qutqaruv qismining 4 birlik ekipaji jalb etildi.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, yong‘in podstansiyasiga tеgishli 6 300 kilovatli transformatorning 6 420 litr hajmli yoqilg‘i moyi sig‘imining yonishi sababli yuzaga kеlgan.
Hozirda yong‘in to‘liq bartaraf qilinib, avariya tiklash brigadalari tomonidan elektr energiyasi ta’minoti soat 20:10 ga kelib, shaharda to‘liq tiklandi, – seya xabar bermoqda Buxoro HETK matbuot xizmati.
Jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar to‘g‘risida viloyat FVB biror aniq ma’lumot bermadi