Mashhurlar
Aziz Rametov hamkasbini quchoqlab rol oʻynagani muhokamalarga sabab boʻldi — video

Aktyor, xonanda Aziz Rametovning hamkasbini quchoqlab rol ijro etgani muhokamalarga sabab boʻldi.
Aziz Rametov ushbu sahnada aktrisa, xonanda Dilxumor Esirgapova bilan birga suratga tushgan. Bu jarayon aks etgan videoni aktrisaning adminstratori eʼlon qilgan. Unda Aziz Rametov Dilxumor Esirgapova ish qilayotgan payti orqasidan kelib qoʻrqitgan. Keyin u muvozanatni yoʻqatgan va yiqilib ketgan. Shu payt uni aktyor ushlab qolgan.
Ushbu video ostidagi izohlarda koʻplab salbiy fikrlar bildirilgan. Ulardan biri Aziz Rametovning xotini erini rashk qilmasligini aytgani eslab oʻtgan. Boshqa biri bunday sahnalar Yevropa kinolariga toʻgʻri kelishini taʼkidlagan.
Manba: shoubiz.uz