Buxoro yangiliklari
Bosh vazir o‘rinbosari buxorolik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Kuni kecha, aniqrog‘i, 22-iyul kuni “Sahid Zarafshan” mehmonxonasi konferens-zalida bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xadjayevning Buxoro viloyati tadbirkorlari va xorijiy investorlar bilan “Ochiq muloqot” shaklidagi uchrashuv boshlandi. Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham ishtirok etdi.
Unda tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bosh vazir o‘rinbosariga yuzlanishdi. J. Xadjayev ham buxoroliklarning muammolari, taklif va mulohazalarini eshitib, ayrim dolzarb mavzularga e’tibor qaratdi, savollarga sohaning rahbari sifatida javob berishga harakat qildi.
Uchrashuv yakuniga yetganidan so‘ng bir guruh mahalliy OAV va blogerlar bilan ham muloqot tashkillashtirildi. Bu yerda ham bosh vazir o‘rinbosari jurnalistlar savollariga ham javob berdi.