Buxoro yangiliklari

Buxoroda “Nurchilar” aʼzosi ozodlikdan mahrum etildi

Huquqni muhofaza qilish idoralarining xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirgan tadbirlari natijasida respublikamizda faoliyati taqiqlangan “Nurchilar” diniy ekstremistik tashkiloti aʼzosi faoliyatiga chek qoʻyildi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Jumladan, 1975-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan Toʻxtamurodov Bobirjon Baratovich “Nurchilar” diniy-ekstremistik tashkiloti aʼzosi boʻlib, ushbu tashkilot safida faoliyat olib borgan.

B. Toʻxtamurodov iqtidorli yoshlarni “Nurchilar” safiga jalb qilish, ularni respublikamizdagi demokratik boshqaruvga qarshi tarbiyalash, shuningdek, tashkilotga taalluqli boʻlgan ekstremistik gʻoyalar bilan yoʻgʻrilgan materiallar va adabiyotlarni tarqatish bilan shugʻullanib kelgan.

2010–2011-yillarda bir nechta jinoiy sheriklari hibsga olingach, B. Toʻxtamurodov jinoiy javobgarlikdan qutilish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketgan va Novosibirsk shahrida jinoiy faoliyatini davom ettirgan. Koʻrilgan qidiruv chora-tadbirlari natijasida u mamlakatmizga olib kelindi.

Sud hukmi bilan B. Toʻxtamurodov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Hurmatli fuqarolar, Sizlarni Internet tarmogʻidan foydalanish jarayonida va xorijda boʻlish davomida turli taqiqlangan tashkilotlar, xususan Islom dinini niqob qilib fuqarolarni oʻz safiga jalb qilayotgan ekstremistik oqimlar va terrorchilik tashkilotlari, shuningdek diniy daʼvatchilarga ergashishdan ogohlantiramiz!

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version