Özbekiston

Prezident har safar UzAuto Motors’ga alohida topshiriq berishi kerakmi?

15-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil sanoati masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda 1-maygacha mashina sotib olishda yuzaga kelgan navbatlar bilan bog‘liq muammolarni to‘liq bartaraf etishni topshirgandi.

May oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida UzAuto Motors mashina sotib olishdagi navbatlarni bartaraf etish bo‘yicha prezident topshirig‘ini to‘liq bajarganini aytgan.

Haqiqatanam o‘sha paytda navbatlar soni keskin kamayib ketgandi. Ammo bugungi kunga kelib, yana eski holatga qaytgan. Hozir shartnoma qilib, pul to‘lagan odamga taxminan keyingi yil boshlarida mashinani ko‘rish nasib qiladi.

Xullas, agar vaziyatga baho berilsa va UzAuto Motors yana prezident topshirig‘ini kutayotgan bo‘lsa, bu bo‘yicha ommaga e’lon qilib qo‘ysa bo‘larkan: «Navbat tezlashishini kutmanglar, davlatimiz rahbari indamaguncha hech nima qilmaymiz», deb masalan

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version