Maşhurlar
“Bonuni yigiti bor” qoʻshigʻi Bonamurga atalganmi?

Instabloger, xonanda Axror Alixonov bergan intervyusida “Bonuni yigit bor” qoʻshigʻi Bonamurga atalgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Uning soʻzlariga koʻra, hamma shunday oʻylagan. Hattoki, Bonamurning oʻzi ham undan jonli efir paytida bu haqda soʻragan. Biroq instabloger tarona Bonamurga atalmaganini aytdi. U qiz oʻylab topilgan. Ular qoʻshiq yozayotgan vaqtida mashhur ism izlagan va Bonu ismiga toʻxtalgan.
“Hamma Bonamur deb oʻylayapti. Uning oʻzi jonli efir paytida ham soʻradi lekin unday emas. Menimcha, koʻrsatish vaqti keldi. Bu shunchaki oʻylab topilgan. Biz qoʻshiq yozayotgan paytimizda gʻoya boʻlgan. Bizga mashhur ismlardan biri kerak boʻlgan. Bonu ismi juda keng tarqalgan. Shuning uchun bu ismni tanlashga qaror qilganmiz. Bu qoʻshiq kimgadir atalmagan. U oʻylab topilgan”, — deydi Axror Alixonov.
Manba: shoubiz.uz