Buxoro yangiliklari

Tanishing: buxorolik jahon chempioni

Jahon chempioni munosib kutib olindi.

Joriy yilning 23-iyulidan 26-iyul kuniga qadar Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l shahrida sportning Usmanov Kombat Sistems turi bo‘yicha kattalar, yoshlar, o‘smirlar va yosh bolalar o‘rtasida jahon chempionati musobаqalari bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, ushbu jahon chempionatida Buxoro tumanining “Yangi turmush” mahallasi, “Chorraxa” qishlog‘ida yashovchi Abdurahmon Umidov ham ishtirok etib, 20 kg vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, – deya xabar bermoqda Buxoro tumani hokimligi Matbuot xizmati.

[metaslider id=4024 cssclass=»»]

Jahon chempionini kutib olish mahallada katta bayramga aylanib ketdi. Mahalla faollari, keksa nuroniylar va chempionning qarindoshlari ishtirok etgan tadbirda yosh sportchimizga kelgusi faoliyatlarida omad tilab, O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida yuksaklarga ko‘tarishini tilab duolar qilishdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version