Buxoro yangiliklari
Olotlik ayollarga 45 ta zamonaviy tikuv mashinkalari bepul berildi

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli Olot tumanidgi ko‘plab xotin-qizlarining ham yillar davomida to‘planib qolgan muammolari o‘z yechimini topmoqda.
O‘z muammolari bilan ro‘yxatga olingan xotin-qizlarning hunar o‘rganib, o‘zi yoqtirgan kasbni mukammal egallamoqchi bo‘lgan, kasbini rivojlantirishni xohlaganlarning bandligi ta’minlanmoqda.
Shu asnoda kuni kecha Olot tumanidagi “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” binosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 45 nafar xotin-qizlarga o‘zini o‘zi band qilish maqsadida zamonaviy tikuv mashinkalari bepul tarqatib berildi. Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova, Buxoro viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Feruza Ibragimova hamda Olot tuman hokimi Nargiza Ne’matova shunday osoyishta va tinch yurtimizda ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tiborni mana bugungi tadbir orqali namoyon bo‘lishi borasida so‘z yuritishdi.
Subsidiya asosida berilgan ushbu tikuv mashinkalari esa har bir ayolning o‘zini-o‘zi ish bilan band qilib, oilasiga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatini yaratadi.