Buxoro yangiliklari
Buxoroda qovun sayli bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 30-iyul va ertaga 31-iyul kunlari Buxoroda an’anaviy qovun sayli o‘tkaziladi
1996-yildan beri tashkil etib kelinayotgan makur festivalda qovunning «Amiri», «Barginay», «Bo‘rikalla», «Gulobi», «Ko‘kcha», «Sherozi» kabi navlar yetishtirish bo‘yicha usta dehqonlar ishtirok etadilar.
Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar maydoni hududida bo‘lib o‘tadigan tadbirda kam ta’minlangan oilalar farzandlarining sunnat to‘yi ham o‘tkaziladi.
Qolaversa, maxsus konsert dasturlari namoyish etiladi. Tadbir so‘ngida esa g‘oliblar aniqlanib, taqdirlanishadi