Buxoro yangiliklari

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 60-sessiyasi

Hokimlik matbuot xizmatining bildirishicha, bugun, 2-avgust kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 60-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar esa quyidagilar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan viloyat hokimining hisoboti to‘g‘risida;
  2. Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishning samaradorligi haqida;
  4. Buxoro viloyati mahalliy budjetining 2022-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi va byudjet parametrlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida;
  5. Viloyat hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosining holati to‘g‘risida;
  6. Jondor tumani Oydin mahalla fuqarolar yig‘ini hududini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi to‘g‘risida;
  7. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘larni tasarruf etish haqida.

Bundan tashqari Kengash vakolatiga doir boshqa masalalar ham muhokama qilinib, ko‘rib chiqilgan

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version