Mashhurlar

“Toʻyga tayyorgarlik”. Munisa Rizayeva umrida ilk bor taom tayyorlash kursida oʻqimoqda

Xonanda, aktrisa Munisa Rizayeva Instagram sahifasida umrida ilk bor taom tayyorlash kursiga borayotganini maʼlum qildi.

U oshpazlikdan xabari boʻlgan bir dugonasining yoniga taom tayyorlashni oʻrganish uchun borgan. Xonanda 35 yoshida ilk bor taom tayyorlash kursiga borayotganini taʼkidladi. Aktrisa birinchi darsida baliq pishirishni oʻrgangan. Dugonasi xonandadan “Toʻyga tayyorlanyapsanmi?”, deb savol berganida, u “Albatta, turmushga chiqish kerak”, deb javob bergan. Shuningdek, Munisa Rizayeva borayotgan kursga Salim boyvochchaning qizi Nilufar Abduvaliyeva ham borgan.

“Hayrli kun! Qayerga kelganimga ishonmaysiz. Nihoyat, 35 yoshimda ovqat pishirishni oʻrgandim”, — deydi xonanda.

Manba: shoubiz.uz

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version