Buxoro yangiliklari
Buxorolik chempion qiz Uzukjamol

5-avgust kuni buxorolik Uzukjamol Yunusova VII «Osiyo bolalari» sport musobaqasining boks yo‘nalishi bo‘yicha final jangida ishtirok etib raqibasini mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, 27-iyul kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida oʻsmirlar oʻrtasidagi (14-16 yosh toifasida) “Osiyo bolalari” sport festivaliga start berilgan bo‘lib, unda 2 000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Musobaqada ishtirok etuvchi davlatlarning umumiy soni 14 ta davlatni tashkil qilmoqda.
Medallar sportning 19 turi: badminton, basketbol, boks, voleybol, dzyudo, yengil atletika, mas-restling, suzish, sambo, kurash, futzal va boshqa sport turlari boʻyicha oʻynaladi.
Musobaqalar Vladivostokdagi 10 ta sport inshootida, jumladan, yangilangan “Dinamo” stadioni, “Olimpiyskiy” sport majmuasi, “Yunost” sport saroyi va Vladivostokning markaziy maydonida oʻtkaziladi.
Oʻyinlarning ochilish va yopilish marosimlari “Fetisov Arena” konsert-sport majmuasida boʻlib oʻtadi.
Mazkur festival oʻz ishini joriy yilning 8-avgustga qadar olib boradi.