Buxoro yangiliklari

Buxorolik eng yaxshi ixtirochi ayollari taqdirlandi

Kuni kecha Buxoroda tashabbuskor ayollarni rag‘batlantirishga qaratilgan ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Mazkur “Ixtirochi ayollar – 2022” ga o‘nlab ixtirochi va ratsionalizator xotin-qizlar, olimalar, doktorantlar, magistrantlar, talaba qizlar, muhandislar, loyihachilar, dasturchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, farmatsevtlar, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlayotgan mutaxassislar, davlat xizmatchilari, agrar soha vakilalari, tadbirkor hamda hunarmand ayollar qatnashdilar. Ular taqdim etgan hujjatlar va taqdimotlar ekspertlar Kengashi tomonidan tahlil qilindi, o‘rganildi. Taqdimotlar ichidan eng yaxshi loyihalar saralab olindi.

“Eng yaxshi ixtiro va foydali model” nominatsiyasi g‘olibi: Nafisa Djurayeva.

“Eng yaxshi sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i va rasionalizatorlik taklifi” nominatsiyasi g‘olibi: Sitora Asadova.

“AKT ni rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha” (EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi) nominatsiyasi g‘olibi: Zarina Murodova.

“Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi g‘olibi: Dilnora Rahmatova.

“Eng samarali innovatsion loyiha” (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlar) nominatsiyasi g‘olibi: Laylo Isayeva.

“Yangi pedagogik texnologiyalar bo‘yicha eng yaxshi loyiha” nominatsiyasi g‘olibi: Vazira Ubaydova.

“Iqtidorli qizning eng yaxshi innovatsion loyihasi” nominatsiyasi g‘olibi: Xadichabonu Olimova.

“Eng yaxshi biznes loyiha” (iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari) nominatsiyasi g‘olibi: Mohigul Ahmatova.

“Omadli start” (iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z biznes loyihasi asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘layotgan xotin-qizlar uchun) nominatsiyasi g‘olibi: Shahnoza Sharopova.

“Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovasion g‘oyasi” nominatsiyasi g‘olibi: Aziza Musinova.

Gʻoliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version