Buxoro yangiliklari

Olotdagi “Shimoliy Shodi” konida gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi va yangi gaz quvuri qurib ishga tushirildi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ham tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, yangi burg‘ilashdan chiqqan quduqlarni o‘zlashtirish va tabiiy gaz hisobini alohida yuritish maqsadida “Shimoliy Shodi” konida gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi hamda diametri 168 mm li 4,3 km uzunlikdagi tabiiy gaz quvuri qurib ishga tushirildi.

Ushbu qurilma va gaz quvurining ishga tushirilishi natijasida “Shimoliy Shodi” konidagi yangi burg‘ilashdan chiqqan 2-, va 9-sonli quduqlardan qazib chiqarilayotgan tabiiy gazlarni dastlabki tayyorlab (tabiiy gaz tarkibidan qatlam suvlari, mexanik aralashma va qisman gaz kondensati ajratib olinib) “Xojisayat” yig‘uv punkti hamda “Dengizko‘l” gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi gaz kollektori orqali “Dengizko‘l” koniga uzatish imkoniyati yaratilib, “Shimoliy Shodi” konidan kunlik qo‘shimcha tabiiy gaz qazib chiqarishga erishildi.

Loyihani amalga oshirishda sarf-xarajatlarni qisqartirish va jamiyat pul mablag‘laridan oqilona foydalanish maqsadida qurilish-montaj ishlari uchun zarur bo‘lgan barcha apparat, uskuna va boshqa moddiy-texnik resurslar boshqarmaning ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda ajratildi.

Qurilish ishlari “Muborakneftgaz-Quruvchi”ning malakali quruvchilari tomonidan amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun: “Shimoliy Shodi” gaz kondensat koni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version