Maşhurlar
Mavluda Hikmatova “Maktab” serialidagi Doniyor bilan unashtirildimi?

Aktrisa Mavluda Hikmatova Instagram sahifasida “Maktab” serialida Doniyor rolini ijro etgan Buzruk Baxtiyorov bilan unashtirilgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
U oʻz kuzatuvchilari bilan savol-javob oʻtkazdi. Shunda unga Buzruk Baxtiyorov bilan unashtirilgani haqida bir nechta savol berilgan. Aktrisa esa bu kabi gaplar qayerda chiqqanini bilmasligini aytgan. Ular Azodaning “Sogʻinasan” klipida kelin va kuyov rolini ijro etgan. U hamkasbi bilan birga tushgan video va rasmlari aynan shu klip “syomka”sidan ekanini taʼkidlab oʻtgan. Mavluda Hikmatova Buzruk Baxtiyorov bilan shunchaki doʻst.
“Bunday gaplarni qayerdan olasiz? Oramizda hech narsa yoʻq. U bilan unashtirilmaganman, sevishmayman ham. Rasmlarni aytayotgan boʻlsangiz, ular ʻsyomkaʻ uchun tushilgan. Biz faqat doʻstmiz. U juda ham yaxshi va hazilkash”, — deydi aktrisa.
Manba: shoubiz.uz