Buxoro yangiliklari
Buxoroda Ucell’ning 2 ta yangi rasmiy savdo ofisi ochildi

Buxoro viloyatining Qorako‘l va G‘ijduvon tuman markazlarida Ucell uyali aloqa operatorining yangi savdo ofislari ochildi, – deya xabar bermoqda aloqa kompaniyasi Matbuot xizmati.
Viloyatda tarmoq sifatini oshirish borasida jadal ishlar davom etmoqda. Iyun oyida 15 ta yangi tayanch stansiyalari foydalanishga topshirildi. Bu boradagi ishlar Buxoro viloyatining barcha tumanlarida davom ettiriladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, xuddi shu oyida Jondor, Olot, Peshkun, Qorakoʻl, Vobkent va Kogon tumanlarida yangi tayanch stansiyalari oʻrnatildi va mavjudlari modernizatsiya qilindi. Mamlakatda va jahonda mashhur sayyohlik markazi hisoblangan Buxoroda uyali aloqa sezilarli darajada yaxshilandi.
UceIl mamlakatning barcha hududlarida yangi tayanch stansiyalarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish boʻyicha uzoq muddatli dasturni ishga tushirdi, bu koʻp jihatdan mamlakat rahbariyati tomonidan yaratilgan investitsiya muhiti va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan telekommunikatsiya kompaniyalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlagani tufayli amalga oshirildi