Maşhurlar
51 yoshli Nargiz Zokirova homilador (-mi?) – foto

Xonanda Nargiz Zokirova Instagram sahifasida toʻrtinchi bor homiladorligiga ishora qiluvchi suratni eʼlon qildi.
U sahifasida oʻzidan 12 yosh kichik boʻlgan eri Anton Lovyagin bilan tushgan suratini eʼlon qilgan. Unda xonandaning homiladorligini koʻrish mumkin. Post ostida Nargiz Zokirovani kuzatuvchilari tugʻilajak farzand bilan tabriklagan va unga sogʻlik tilagan. Biroq xonanda ushbu suratni oʻz sahifasidan oʻchirib yuborgan.
u xonandaning toʻrtinchi farzandi. Nargiz Zokirovaning Sabina va Leyla ismli qizlari hamda Auel ismli oʻgʻli bor. U 2 nafar nevaraning buvisi ham hisoblanadi. Xonandaning har bir farzandlarining otasi boshqa. U ilk bor xonanda Ruslan Sharipov bilan oila qurgan. Ularning nikoh toʻyi 1990-yilda boʻlgan. Yulduzli juftlik xonadonida Sabina ismli qizaloq tugʻilgan. Biroq ular uzoq vaqt birga yashamagan. Xonandaning keyingi turmush oʻrtogʻi Yernur Kanaybekov boʻldi. Nargiz Zokirovaning bu nikohidan Auel ismli oʻgʻli bor. Yernur Kanaybekov avtohalokat tufayli vafot etgan. Shundan soʻng xonanda Filipp Balzanoga turmushga chiqqan. Ular Leyla ismli qizni dunyoga keltirgan. Juftlikning nikohi 2016-yilda bekor qilingan.
Manba: shoubiz.uz