Buxoro yangiliklari
«Buxoro» kinoteatrida bepul kino ko‘rmoqchimisiz?

Joriy yilning 16- va 17-sentabr kunlari “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Buxoroda kino kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur kino kunlarida viloyatimizga Rossiya va Ozarbayjonning mashhur kino yulduzlari, shuningdek, el ardog‘idagi o‘zbek kinoijodkorlar tashrif buyurishadi.
Shu kunlarda viloyat bo‘ylab ijodiy uchrashuvlar va bir qator yangi filmlar premyerasi rejalashtirilgan.
Asosiy tadbirlar Buxoro shahridagi “Buxoro” kinoteatrida 16-sentabr kuni soat 17:30 da bo‘lib o‘tadi. Bunda xorijiy va mahalliy kinoijodkorlar bilan uchrashuv va yangi filmlar namoyishlari viloyatdagi barcha kinoteatr va kinozallarda o‘tkaziladi.
Barchani bugun va ertaga soat 17:30 dan boshlab “Buxoro” kinoteatrida kutib qolamiz!
Kirish – mutlaqo bepul, – deya xabar bermoqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi viloyat bo‘limi